Jizzax

Jizzax

Jizzax viloyati ā€” 1973 yil 28 dekabrda tashkil etilgan. Jizzax viloyatida 12 tumani, 9 shahar, 8 shaharcha, 95 qishloq fuqarolari yigā€˜ini bor. Markazi ā€” Jizzax shahri.

Jizzax viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida salmoqli oā€˜rin tutadi. Xususan, paxta, gā€˜alla, sabzavot, meva, chorva mahsulotlari yetishtiriladi. Bogā€˜dorchilikni rivojlantirishga eā€™tibor berilmoqda. Qurilish materiallari, xalq isteā€™mol mollari ishlab chiqaradigan korxonalar salmogā€˜i oshdi. Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2,5 mlrd. soā€˜mdan ziyod kredit mablagā€˜lari ajratildi. Faoliyat koā€˜rsatayotgan 9400 ga yaqin xoā€˜jalik subyektlarining qariyb 8300 tasi nodavlat xoā€˜jaliklardir.

Jizzax viloyati qadimdan ilm-fan va ijodkorlar oā€˜sib ulgā€˜aygan yurt. Bu zaminda oā€˜rta acrlarda shayx Abulhasan Harakoniy (950ā€”1034), shayx Aba Ali Fayumardiy (1084), Abu Tala ibn Nasr ibn Jundabek al-Usrushoniy, Poyanda Zaminiy, Soki Zaminiy kabi islom maā€™rifati va fiqh ilmiga ulkan hissa qoā€˜shgan allomalar yashab oā€˜tgan. Keyinroq 19ā€”20-asrlarda Maxmur Koriziy, Ubaydulloh Alamkash, Narzullo Narziy, Inomxon Maxjur singari ijodkorlar boy adabiy meros qoldirgan. 20-asr oā€˜zbek adabiyoti rivojida Jizzaxda tugā€˜ilib oā€˜sgan Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Nazir Safarov, Shukur Saā€™dulla, Sarvar Azimov kabi adiblarning munosib hissasi bor.

Maydoni: 21 210 kmĀ²

Aholi soni: 1,4 mln kishi.