21:19 / 27.04.2018
6654

Turkiya AQSh bilan birga Suriyaning Manjibiga kirmoqchiligini ma'lum qildi  

Foto: Ralph Orlowski/Reuters

Turkiya harbiylari Suriyaning Manjib shahriga amerikalik harbiylar bilan birga kirib boradi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushg‘o‘lu ma'lum qildi.   

Chovushg‘o‘lu bunday bayonotni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohidagi uchrashuvidan keyin aytgan.

Uning ta'kidlashicha, Manjibda hozircha fransuz harbiylari yo‘q. 

Avvalroq Fransiya kurdlarga yordam berish uchun Manjibga qo‘shinlarini jo‘natishga qaror qilgani ma'lum qilingan.

Yanvarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Manjibni terrorchilardan tozalashiga va'da bergandi.

Top