Prezident «Urgut» erkin iqtisodiy zonasini kengaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
Prezidentning “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan Samarqand viloyatining Urgut tumani hududi erkin iqtisodiy zona etib belgilandi. Bu yerda innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Urgut tumanining hududiy chegaralari ichida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub'yektlariga "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.
580,8 gektar yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yiladi. Yer uchastkalarini "Urgut" EIZ direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish orqali "Urgut" EIZ hududi kengaytiriladi.
"Urgut" EIZ hududida, shu jumladan yangi tashkil etiladigan hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish prezidentning 2018 yil 21 dekabrdagi PF-5600-son farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
Quyidagilar Samarqand viloyati maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashining "Urgut" EIZ direksiyasiga doimiy foydalanishga berilayotgan yer uchastkalariga nisbatan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan va importning o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan samarali foydalanishni ta'minlash;
mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o‘rtasida va, umuman, respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining "Urgut ofisi" tashkil etiladi. Unga “Urgut” EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli loyihaviy takliflar ishlab chiqish hamda tashabbuskorlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish vazifasi yuklandi.
"Urgut" EIZning ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
10:54 / 02.08.2024
Urgutda yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bola Cobalt urib ketishi oqibatida vafot etdi
22:17 / 29.07.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan mudhish «avariya»da uch kishi hayotdan ko‘z yumdi
10:27 / 25.08.2023
Urgutda «Malibu-2» urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi
10:13 / 05.08.2023