Samarqand viloyatining Urgut tumanida yoş bolaning ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, YTH 2024 yilning 24 iyun kuni tumanning Quyi Algar mahallasi hududida sodir bölgan. 1986 yilda tuğilgan haydovçi I.R. Cobalt maşinasini “Toyloq-Urgut” avtomobil yölida Urgut yönalişi tomon boşqarib borayotib, yöldan ötayotgan 2021 yilda tuğilgan N.N.ni urib yuborgan. Buning oqibatida bolakay vafot etgan.

Haydovçi amaldagi yöl harakat qoidalarini qöpol ravişda buzganligi qayd etilgan. Jumladan, u tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyiga yaqinlaşayotganda qatnov qismini kesib ötayotgan piyoda(lar)ni ötkazib yuboriş uçun tezligini kamaytirişi yoki töxtaşi haqidagi şartli qoidaga amal qilmagan. Ya’ni yöldan ötayotgan bolani körgan holda maşinani töxtatmasdan, harakatlanişda davom etgan.

Samarqand viloyati IIB EKMning xulosasiga köra, Cobalt maşinasining rul boşqaruvi va işçi tormoz tizimi soz holda bölgan. Şuningdek, viloyat IIB EKM xulosasida haydovçi maşinani favqulodda tormozlab, töxtatib qoliş yöli bilan hodisaning oldini oliş uçun texnik imkoniyatga ega bölganligi körsatilgan.

Holat yuzasidan I.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.

Oldinroq Kattaqörğonda Nexia urib ketişi oqibatida erkak va uning 4 yoşli qizi halok bölgani xabar qilingandi.