17 may kuni O‘zbekistonda havo harorati 35 darajagacha ko‘tariladi
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 17 may kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:18 / 07.11.2024
8 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 18 darajagacha ko‘tariladi
15:40 / 06.11.2024
Oktyabr oyi meteorologik kuzatuvning barcha yillari uchun eng yomg‘irli bo‘ldi
11:37 / 06.11.2024
7 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
12:20 / 05.11.2024