"Özgidromet" xabariga köra, Farğona vodiysi hududining katta qismida, Qizilqum çölining ayrim joylarida va Nurota tizmasi hududida oktyabr oyida yoğgan yoğingarçilik miqdori böyiça barça kuzatuv qatorlari uçun eng yoğingarçilik köp bölgan uçlikka kirdi.
Oktyabr oyida odatda juda kam yomğir yoğadigan ayrim qurğoqçil hududlarda oylik yoğingarçilik miqdori me’yordan 6-8 marta (Navoiy va Qoraköl meteostansiyalari hududida), Buxoro meteostansiyasi hududida esa 14 marta köp böldi. Uşbu hududlarda oktyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barça yillari uçun eng yomğirli böldi.
Şu bilan birga, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatining qator tumanlarida va Qizilqum çölining ğarbiy qismidagi ba’zi joylarda yoğingarçilik me’yordan kam bölişi kuzatildi.








