Jamiyat | 14:29 / 21.11.2015
17800
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun Oybek va Nigoraning nikoh to‘yib bo‘lib o‘tadi

Bugun, 21 noyabr kuni o‘zbek estradasidagi xonandalar Oybek hamda Nigoraning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi. Ma'lumotlarga ko‘ra, nikoh kechasi “Versal” restoranida nishonlanadi. Shu munosabat bilan Kun.uz sayti kelin-kuyovga oilaviy baxt hamda ijodiy barkamollik tilaydi.

Ma'lumot uchun,  Oybek Alimov 1987 yilning 8 oktabrida, Nigora Ismoilova 1988 yilning 12 sentabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008 yilda “Nihol” mukofoti bilan taqdirlanishgan. Ular 2005 yildan buyon hamkorlik qilib kelishmoqda.