00:18 / 15.01.2023
18503

Toshkentda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi (fotojamlanma)

Tadbirda harbiylashtirilgan tuzilmalar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, xodimlari va ularning yaqinlari qatnashdi. Kun.uz muxbiri ushbu tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi. 

14 yanvar kuni «O‘zbekiston» Xalqaro forumlar saroyida Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiylashtirilgan tuzilmalar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, xodimlari va ularning oila a’zolari qatnashdi. Kun.uz muxbiri ushbu tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim qiladi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov – Oliy bosh qo‘mondon Shavkat Mirziyoyevning vatan himoyachilariga tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etildi.

Bir qatordan joy olgan yuqori martabali mulozimlar
O‘ngdan: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va bosh vazir Abdulla Aripov
O‘ngdan: Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va DXX raisi Abdusalom Azizov
Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov
Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov
O‘ngdan: Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev va Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov
O‘ngdan: Oliy Majlis senati raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Spiker o‘rinbosari Akmal Saidov
Markazda: Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov
Chapda: Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratulla Rafiqov
O‘zbekiston bayrog‘i fonida harbiylashtirilgan tuzilmalarning bayroqlari

Tadbirga O‘zbekistondagi elchixonalarda faoliyat yuritayotgan harbiy attashelar ham taklif qilingan.

Tadbirda xalqaro armiya o‘yinlari g‘oliblari ham eslab o‘tildi

Bayramga faxriylar, xodimlarning yaqinlari va kursantlar ham tashrif buyurgan.

Vatan himoyachilari va ularning yaqinlari uchun harbiy orkestr, san’atkorlar va so‘z ustalari tomonidan bayram chiqishlari bo‘ldi.

Suratlar muallifi Farrux Absattarov

Top