Iqtisodiyot | 14:02 / 18.03.2023
29866
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi

2023 yil 15 mart kunidan O‘zbekiston hukumati piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni bekor qildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 1 yanvardan boshlab piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etilgan. Ushbu qaror ichki iste’mol bozor narxini arzonlashtirish, aholining iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
 
Piyoz eksportiga vaqtincha cheklov 2023 yilning 1 apreliga qadar amal qilishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida anomal sovuq ob-havo ta’siri natijasida Toshkent shahridagi markaziy dehqon bozorlarida piyozning ulgurji narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 barobarga qimmatlashgandi. 

Mavzuga oid