Bundan 2 yil avval “Orol dengizi suvi Kaspiyga oqib ketganmi?” sarlavhasi ostida maqolam çiqqan edi. Unda Orolning “köz”lari, sobiq dengizda odamlar guvoh bölgan girdoblar haqida söz yuritilgan va şu girdoblar orqali Orolning suvi boşqa tomonga, ya'ni Kaspiy dengiziga oqib ketgan bölişi mumkinligi haqida xalq orasidagi taxminiy gaplar bayon qilingan.

Mazkur maqoladan keyin Nukusda bir örtoğim qönğiroq qilib, 1968 yilda çiqqan “Jyetkinşek” gazetasining qaysidir sonini suratga tuşirib menga taşladi. Ana xolos, bu maqolada ham Oroldagi girdob haqida söz borgan. Guvohlar esa Nukusda istiqomat qilgan kişilar. Ularning tasvirlaşiça, xuddi tubi teşilgan çelakdan suv ketgani kabi dengizning suvi ham girdoblanib, katta miqdordagi suv yer qa'riga ketib turgan.

Girdobni öz közi bilan körgan kişilar hozir ham bor. Nukus davlat pedagogika institutining tarix fani öqituvçisi Onğarbay Yusupov şunday eslaydi:

“1970–1975 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpoğiston bölimi arxeologiya sektori tomonidan Janubiy-Şarqiy Ustyurtda keng kölamli arxeologik işlar olib borildi. Bu arxeologik ekspeditsiya işlarida men ham iştirok etdim. Ustyurtda köp sir-sinoatlarga duç kelib turdik. Şulardan meni juda qattiq dahşatga solgani Orol dengizi suvlarining qanday qilib yer qa'riga ketayotganini öz közim bilan körganim böldi. Bu 1975 yil edi. Maşhur arxeolog Vadim Yagodin boşçiligidagi ekspeditsiya Ustyurtning şarqiy çinkida (tik jarlik), ya'ni Duvona burnida qadimiy köçmançilar davriga oid esdaliklarni qaziyotgandik. Qazişma işlari Nukusdan 500, Möynoqdan 300 km olisda olib borilayotgandi. Tsivilizatsiyadan uzoqda edik. Asosiy ozuqamiz, albatta, Orolning baliqlari böldi. Sababi biz işlayotgan joy Ustyurtning şarqiy çegarasi bölib, öng tomonimizda, nari borsa 300 metrda bepoyon va buyuk Orol tölib-toşar edi. Orolda baliq köp.

Bir kuni ikki kişi bölib toğdan (Ustyurtdan) pastga, ya'ni dengizga tuşib borardik. Ne köz bilan köraylikki, çinkka yaqin joyda dengiz suvi girdoblanib katta miqdordagi suv yer ostiga ketayotgandi. Dahşatdan qotib qoldik. Girdob şunday kuçli ediki, biz qörqib, yuqoriga örmalaş payiga tuşdik».

Kaspiy bilan Orol yer ostidan boğlanganmi?

Xalq orasida Orol dengizi bilan Kaspiyning örtasida yer osti kanali bor, Orolning suvi Kaspiyga oqib ketdi, degan gaplar şu paytlarda tarqalgan, lekin ularning ilmiy isboti yöq edi. Moskvalik marhum olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi Boris Golubovning “Anomalnyy pod'yom urovnya Kaspiyskogo morya i katastrofiçeskoye obmeleniye Aralskogo morya kak rezultat drenirovaniya Arala pod plato Ustyurt i v Kaspiy vsledstviye texnogennyx vozmuşçeniy nedr” nomli maqolasi esa xalqning bu gaplarni bejiz aytmaganini isbotlagandek, göyo.