O‘zbekiston | 17:20 / 14.07.2017
16346
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yevropa davlatlaridan tashrif uchun jozibadorlik bo‘yicha birinchi bo‘ldi

Foto: Flickr

Italiyaning «ilSole24ore» gazetasi «Jahon moliyasi va bozorlari» bo‘limida 2017 yilning yozida tashrif buyurish uchun eng jozibador bo‘lgan davlatlar reytingini e'lon qilindi. U gazeta va «lg» xalqaro kompaniyasi ekspertlari tomonidan «Hamyonbop hordiq? Yevro hamon katta o‘ringa ega yetti joy» nomi ostida tayyorlandi.

Tahliliy materialda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston Yevrohududdan sayohat uchun jozibadorlikda beshta asosiy mezon: «ayirboshlash kursi», «hayot qiymati», «aviachiptalarga narxlar», «sug‘urta xatari» va «iqlim» bo‘yicha Xitoy bilan birga, 1- hamda 2-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

Reytingni tuzishda «BigMac» xalqaro indekslari va «Numbeo» portalining «Jahon davlatlarida xalq iste'moli mollari»ga narxlar bo‘limidagi ma'lumotlar bazasidan foydalanildi.

«Lg» kompaniyasining bozorlar bo‘yicha tahlilchisi Filipp Diodovichning fikricha, O‘zbekiston qulay ayirboshlash kursi, xalqaro aviachiptalarga past xarajatlar tufayli yevropaliklarning eng sevimli joyi hisoblanadi. 

Mavzuga oid