Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
Eng xavflilari – subkompakt va sport avtomobillari. Bunday avtomobillarda o‘lim ehtimoli boshqalarga qaraganda ikki barobar yuqori.
Foto: iseecars.com
iSeeCars mutaxassislari baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, halokatli falokatga uchrash ehtimoli ikki baravar yuqori bo‘lgan modellarni aniqladi.
Eng xavfli avtomobillar beshtaligiga Hyundai Venue, Chevrolet Corvette, Mitsubishi Mirage, Porsche 911 va Honda CR-V Hybrid kirdi. Ularning o‘lim darajasi avtomobillar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli besh baravar yuqori.
Tesla kompaniyasining ikkita modeli — Model Y va Model S haydovchilarga yordam berishning ilg‘or texnologiyalariga ega bo‘lganiga qaramay, eng xavfli avtomobillar ro‘yxatiga kirdi.
Brendlar orasida Tesla eng yuqori o‘lim darajasiga ega, undan keyingi o‘rinlarni Kia, Buick, Dodge va Hyundai egallab turibdi.
Ixcham va kichik o‘lchamdagi avtomobillar o‘lim darajasining eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega — har bir milliard milya uchun 3,6 o‘lim.
Katta o‘lchamli modellar eng past o‘lim darajasiga ega, har bir milliard milga 2,0 o‘lim.
Top-10 eng xavfli avtomobillar (har milliard milga o‘limlar soni):
1. Hyundai Venue — 13.9
2. Chevrolet Corvette — 13.6
3. Mitsubishi Mirage — 13.6
4. Porsche 911 — 13.2
5. Honda CR-V Hybrid — 13.2
6. Tesla Model Y — 10.6
7. Mitsubishi Mirage G4 — 10.1
8. Buick Encore GX — 9.8
9. Kia Forte — 8.1
10. Buick Envision — 8.0
iSeeCars reytingni tuzishda AQSh o‘limlar tahlili tizimi (FARS) ma’lumotlaridan foydalangan. Tahlil faqat 2017 – 2022 yillar oralig‘idagi avariyalar ishtirokchisi bo‘lgan va 2018 - 2022 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarni o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
16:32 / 14.05.2026
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
08:17 / 11.05.2026