2022 yilda davlat budjetidan 3,3 trln so‘mlik subsidiyalar ajratiladi
2022 yil davlat budjetida ko‘zda tutilgan subsidiyalarning umumiy miqdori 3,3 trln so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Davletovuz kanalida ma'lumot berilmoqda:
1. Davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalariga subsidiyalar — 1,5 trln so‘m;
2. Davlat-xususiy sheriklik va davlat oliy ta'lim muassasasining buyurtmasi asosida talabalar turar joyini barpo etish bo‘yicha loyihalarga subsidiyalar — 178,6 mlrd so‘m;
3. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga amaliyot o‘tagan vaqtida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiyalar — 14,6 mlrd so‘m;
4. Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun subsidiyalar — 16,7 mlrd so‘m;
5. Aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 30 mlrd so‘m;
6. Geologiya-qidiruv ishlariga subsidiyalar — 1 trln so‘m;
7. Tutzorlarda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish hamda suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyalarini qurish uchun subsidiyalar — 20,7 mlrd so‘m;
8. Qorako‘lchilik klasterlariga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyalarini qurish uchun subsidiyalar — 20 mlrd so‘m;
9. Nasldor qo‘y va echkining, shu jumladan qorako‘l zotli qo‘ylarning xorijiy davlatlardan import qilingan embrioniga subsidiyalar — 2 mlrd so‘m;
10. Jismoniy shaxslar tomonidan xonadonlarda yetishtiriladigan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiyalar — 120,2 mlrd so‘m;
11. Fermer xo‘jaliklari balansidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari tomonidan iste'mol qilingan elektr energiyasi xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar — 244,6 mlrd so‘m;
12. Aholi tomorqalarini sug‘orish uchun yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 50 mlrd;
13. Lazerli tekislash uskunalari va don urug‘ seyalkalari xarid qilish uchun subsidiya — 50 mlrd so‘m;
14. Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga ajratiladigan subsidiya — 12 mlrd so‘m;
15. Yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun subsidiyalar — 50 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
12:11
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
20:54 / 26.11.2024