Bugun, 18 dekabr kuni Senat yalpi majlisida boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamşid Qöçqorov çiqiş qildi. U “2025 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun yuzasidan ma’lumot berdi. Senatorlar vazirdan nima uçun narxlar oşganiga qaramay energetika sektorini subsidiyalaş davom etayotganini söradi.
“Nima uçun tariflar oşirilsa ham, budjetdan hali ham subsidiyalar bor? Birinçidan, bizning tariflarimiz haligaça xarajatlarni töliq qoplaydigan darajaga çiqqani yöq. Ikkinçidan, gazning ma’lum qismini import qilyapmiz.
Şuning uçun tariflarni töliq özini özi qoplaydigan darajaga ötkazmasdan boşqa ilojimiz yöq. Şu nuqtayi nazardan joriy yilda tariflar oşgan bölsa ham, Vazirlar Mahkamasining qarorida kelgusi yil 1 apreldan tariflarni yana oşiriş takliflari ma’qullangan. Kelgusi yil, nasib bölsa, 1 apreldan [elektr energiyasi va gaz] tariflari oşadi.
Umuman, subsidiyalar haqida gapiradigan bölsak, kelgusi yil uçun budjet loyihasida gaz bilan elektrga subsidiyalar miqdori 7,5 trln söm böladigan bölsa, joriy yilda bu 12 trln söm edi. Ya’ni kamayib boryapti”, – dedi Qöçqorov.
Uning qöşimça qilişiça, subsidiyalaş 2025-2026 yillarda ham davom etadi, 2027 yilda esa “nasib bölsa keskin kamayadi”. 2028 yildan boşlab energetika sektoriga subsidiya berilmaydi, deya ma’lum qildi hukumat a’zosi.
Ma’lumot uçun, 2025 yilda davlat budjeti hisobidan ajratilişi belgilangan subsidiyalarning umumiy qiymati 28,3 trln sömni taşkil etişi kutilyapti. Bunda energetika sohasi uçun 12,3 trln söm, xususan, gaz sotib oliş va sotişdagi tafovutni qoplaş uçun 7 trln söm ajratilişi közda tutilgan.












