25 dekabr kuni Özbekiston prezidenti 2025 yilgi davlat budjetiga doir qaror imzoladi.

Qarorga köra, birinçi darajali budjet mablağlari taqçimlovçilari, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va hududiy hokimliklar 2025 yilda budjet mablağlarini tejaş va samaradorligini oşiriş böyiça barça zarur çoralarni körişi kerak.

Konsolidatsiyalaşgan budjet taqçilligining oşişiga olib kelişi mumkin bölgan davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari hisobidan qöşimça xarajatlar faqat qöşimça daromad manbayi mavjud bölganda yoki boşqa xarajatlarni qisqartiriş hisobiga amalga oşiriladi.

Yil oxirigaça quyidagilar böyiça takliflar kiritiş taqiqlandi:

  • respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining boşqaruv xodimlari iş haqi miqdorlarini oşiriş (mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorini oşiriş bundan mustasno);
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toşkent şahar budjetlarining qöşimça manbalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumşoq mebellar va ofis jihozlari (ta’lim, ilm-fan, soğliqni saqlaş, qişloq va suv xöjaligi sohalarida foydalaniladiganlardan taşqari) xarid qiliş.

Respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining budjetdan taşqari jamğarmalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumşoq mebellar va ofis jihozlari faqatgina Vazirlar Mahkamasi bilan kelişgan holda xarid qilinadi.

Budjet taşkilotlarining 2025 yil uçun xarajatlar smetasini tuziş jarayonida mebel va ofis jihozlari hamda tovar-moddiy zaxiralarini xarid qiliş xarajatlari miqdorini 2024 yilga nisbatan 10 foizga kamaytirgan holda (boğçalar, umumta’lim maktablari va soğliqni saqlaş muassasalaridan taşqari) rejalaştiriş topşiriği berildi.