21:18 / 23.04.2018
47024

Fakultet dekani pora bilan qo‘lga tushdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi   fakulteti dekani H. A. pora olayotgan paytda qo‘lga tushdi. Bu haqda Kun.uz​ axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, universitet O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani H. A.​ boshqa fakultetga talaba «olib kirish»ni va'da berib, 200 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan. Aniqlanishicha, voqea 19 aprel kuni yuz bergan. Ayni paytda H. A.ga nisbatan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval, ayni shu oliy ta'lim muassasasida Rus filologiyasi  fakulteti kafedra mudiri sifatida ishlagan Roza Mambetova ham pora bilan qo‘lga olinib, pedagogik ishlardan chetlashtirilgandi.

Top