Andijonda tadbirkordan ming dollar pora talab qilgan yuriskonsult uşlandi.

Andijon şahar elektr ta’minoti korxonasi yuriskonsulti G.E. «E.H.» MÇJning 57 million sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani holati böyiça rasmiylaştirilgan dalolatnoma va töplangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiliş organlarga yubormasdan, yetkazilgan zararni yöq qilib berişni va’da qilgan.

Evaziga 1 000 AQŞ dollari talab qilib, şundan 400 AQŞ dollari va 5 million sömni tanişi F.B. orqali olgan vaqtida Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.