Prezidentni internetda haqoratlash Jinoyat kodeksiga kiritildi
Internetdagi biror blog, ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifa yoki biror bir xabar ostidagi izohda ham prezidentga haqorat yoki tuhmatni ifoda etadigan ma'lumotni aks ettirish (matn, surat, audio, video kabi shakllarda) to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
30 mart kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha qo‘shildi.
Endilikda kodeksning 158-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentini internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish:
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki –
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud –
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xo‘sh, aslida bu yangilikmi? Qisman, ha. Biroq e'tiborga olish kerakki, prezidentni haqoratlaganlik yo unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik avval ham bor edi. Faqat bunda huquqbuzarlik yo omma oldida, yoki OAVdan foydalangan holda amalga oshirilgan bo‘lishi lozim edi.
Yangilik shundaki, endi javobgarlik internetdagi haqorat va tuhmat uchun ham belgilanmoqda. Jazolar esa o‘sha-o‘sha, o‘zgarmagan.
Bunga qadar amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, internetda prezidentga nisbatan tuhmat yoki haqoratli izoh qoldirgan shaxs MJtKning 40-41-moddalari yoki JKning 139- va 140-moddalariga muvofiq (bu moddalar mos ravishda «Tuhmat» va «Haqorat qilish» deya nomlanadi) javobgarlikka tortilishi mumkin edi, ammo buning uchun prezident yoki uning vakilining arizasi talab etilardi.
Kodeksdagi o‘zgarishdan so‘ng, shaxsning internetdagi biror blog, ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifa yoki biror bir xabar ostidagi izohda ham prezidentga haqorat yoki tuhmatni ifoda etadigan ma'lumotni aks ettirishi (matn, surat, audio, video kabi shakllarda) to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:03 / 30.12.2024
Omadsiz lider – AQShning 100 yoshda vafot etgan sobiq prezidenti Jimmi Karter haqida nimalar ma’lum?
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
14:03 / 11.12.2024
Ommaviy tartibsizliklar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
22:08 / 04.12.2024