Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaytva Namibiya tarixidagi birinchi ayol prezidentga aylandi. U partizanlik urushi davridan beri hukmron SWAPO partiyasi a’zosi hisoblanadi.

Foto: Reuters
Namibiyada 27-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasiga ko‘ra, 72 yoshli Netumbo Nandi-Ndaytva — SWAPO (Janubi-g‘arbiy Afrika xalq tashkiloti) partiyasining vitse-raisi prezident etib saylandi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida saylovchilarning 76,05 foizi ovoz bergan.
MSK hisob-kitoblariga ko‘ra, Nandi-Ndaytva 58,07 foiz ovoz to‘plagan — unga 638,5 ming odam ovoz bergan. «Namibiya xalqi tinchlik va barqarorlik uchun ovoz berdi», — deydi siyosatchi natijalar e’lon qilinganidan keyin.
Nandi-Ndaytva SWAPO mustaqillik uchun JARga qarshi partizanlik urushini olib borgan vaqtlardayoq tashkilotning faol a’zosi bo‘lgan, qo‘shni Zambiyada quvg‘inda faoliyat yuritgan, 1970 yillarda SSSRda o‘qigan. 2012 yildan beri Namibiya xalqaro munosabatlar va hamkorlik vaziri lavozimida ishlab keladi, 2015 yildan 2024 yil fevralga qadar bosh vazir o‘rinbosari edi.
To‘plangan ovozlar soni bo‘yicha 67 yoshli Panduleni Itula asosiy raqobatchisidan qolib ketdi. Stomatolog va SWAPO’ning sobiq a’zosi bo‘lgan Itula 2019 yilda prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etgan va 29 foiz ovoz to‘plagan edi. Shundan so‘ng u SWAPO a’zoligidan chiqarilgan va Itula o‘z partiyasini tuzgan. Joriy yilgi saylovlarda esa u 25,84 foiz ovoz to‘pladi. Prezidentlik lavozimi uchun jami 15 nomzod kurashdi — keyingi yetakchilar 5,04 foizdan 0,11 foizgacha ovoz to‘plagan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

13:36 / 24.03.2025
Namibiyalik ayol o‘ziga hujum qilgan timsohning jag‘larini ochib, qochib ketdi

12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar

22:49 / 11.02.2025
Ruminiya prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi tayinlandi

14:12 / 26.01.2025