Oliy Majlis Qonunçilik palatasi 11 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar)ga özgartiriş va qöşimçalar kiritişga doir qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi.
Özgartişlar haqida boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqova ma’lumot berdi.
«Siz bilan biz juda yaxşi bilamiz, atrofni kuzatamiz, yuragimiz qonga belanadi, yordam berişga harakat qilamiz. Hozir tahlikali zamon. Siz bilan biz insonni, jamiyatni va öz davlatçiligimizni himoya qila bilişimiz kerak. Şunda tabiiy savol tuğiladi: ommaviy tartibsizliklar sodir etiş maqsadida öquvdan ötganlik va şu öqişda qurol-yaroğ tayyorlaşmi yoki portlovçi moddalarni, atrofdagilar uçun maxsus biron-bir moslamalarni tayyorlaganlik uçun jinoiy javobgarlik bormi?
Bu harakat jinoyat tarkibini taşkil etadimi yoki yöqmi? Bizning fikrimizça, taşkil etadi. Bu yerda jinoyat obekti ham bor – inson, jamiyat va davlat sub’yekti ham bor – odam şuni xohlaydi.
Ikkinçi masala, ommaviy tartibsizliklarni taşkil qiliş faoliyatini moliyalaştiriş jinoyatmi? Albatta, bu jinoyat. Bu yerda jinoyat tarkibi bor va bizning fikrimizça, buning uçun jinoiy javobgarlik belgilanişi şart. Şuning uçun ham mamlakatimizning tinç hayoti va osoyişta hayotini himoya qilişga qaratilgan Jinoyat kodeksining şu moddasini 3-qism va 4-qismi bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Bu jinoyat uçun jazo muqarrarligiga doir prinsipni amalga oşiriş, jazolaş uçun emas, balki oldini oliş uçun… Kim onlayn tarzda böladimi yoki oflayn tarzdami şu kabi «öquvlarda» qatnaşayotgan bölsa… Ommaviy tartibsizliklar – siz bilan bizning hayotimizni izidan çiqariş. Kimdir bilib, kimdir bilmay «qatnaşadi», – dedi Svetlana Ortiqova.
Ma’lum qilinişiça, kodeksga kiritilayotgan özgartirişlar davlat budjetidan ortiqça mablağ sarflaşni talab qilmaydi. Hujjat loyihasi Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya, Içki işlar, Adliya vazirliklari bilan kelişilgan.
Prokuratura rasmiysi uşbu harakatlar uçun qanday turdagi jazo çoralari belgilanayotganini oçiqlamadi.
Jinoyat kodeksining amaldagi

















