Jahon | 10:04 / 14.07.2017
12120
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasi tashrif buyuruvchilar uchun yopildi

Parij shahrining ramzi bo‘lgan Eyfel minorasi 15 iyulga qadar tashrif buyuruvchilar uchun yopildi. Bu AQSh prezidenti Donald Trampning Fransiyaga tashrifi va Bastiliya egallangan Kunning nishonlanishi tufayli ro‘y berdi.

Foto: eater.com

Kecha kechqurun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Tramp sharafiga rasmiy kechki ovqat berdi. Tadbir Eyfel minorasining ikkinchi qavatidagi Jules Verne restoranida bo‘lib o‘tdi. Shuning uchun Eyfel minorasi kunning ikkinchi yarmida tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ldi.

Foto: eater.com

Bundan tashqari, Eyfel minorasi Bastiliya egallangan Kun sharafiga uyushtiriladigan an'anaviy mushakbozlik tufayli ham yopiladi.

Eslatib o‘tamiz, har yili Eyfel minorasiga yetti millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

Avvalroq Eyfel minorasi Tramp tufayli yopilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid