Parij prokuraturasi Marin Le Penga 5 yillik qamoq jazosini talab qilmoqda
O‘ta o‘ng «Milliy birlashuv» partiyasining amaldagi yetakchisi 5 yilga qamalishi, shuningdek, xuddi shu muddatga davlat lavozimlarida ishlashi taqiqlanishi mumkin. Partiya 2 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi kutilmoqda.

Foto: Bertrand GUAY / AFP
Parij prokuraturasi Fransiyaning o‘ta o‘ng «Milliy birlashuv» (sobiq «Milliy front») partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakchisi Marin Le Penni besh yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi, shundan uch yili shartli bo‘lishi kerak. Bu Yevropa parlamenti mablag‘larini noto‘g‘ri sarflash ishi bo‘yicha tekshiruv bilan bog‘liq, deb xabar berdi 13 noyabr, chorshanba kuni BFMTV.
Agar sud ayblovlarga rozi bo‘lsa, 56 yoshli Le Pen 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Fransiya prezidentlik saylovlarida ham ishtirok eta olmaydi, chunki unga xuddi shu muddatga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlanadi. Prokurorlar partiyani ikki million yevro jarimaga tortishni ham istamoqda. Avvalroq o‘ng siyosatchi Yevroparlamentga 330 ming yevro to‘lashi lozimligi to‘g‘risida hukm chiqarilgan edi.
Prokuratura advokatlar apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan taqdirda ham, davlat lavozimida ishlashni taqiqlash darhol kuchga kirishini talab qildi. Le Penning o‘zi prokurorlarni «fransuzlarni o‘zlari xohlagan kishiga ovoz berish imkoniyatidan mahrum qilish»da aybladi. «Men eng kichik qoidabuzarlik yoki eng kichik noqonuniy xatti-harakatga yo‘l qo‘yganimni mutlaqo his qilmayapman», dedi u.
Marin Le Pen va uning sheriklari ustidan sud
30 sentabr kuni Parij jinoiy sudida Marin Le Pen boshchiligidagi Fransiyaning o‘ta o‘ng «Milliy birlashuv» rahbariyatiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Le Pen va boshqa 20 dan ortiq partiya vakillari Yevropa Ittifoqi mablag‘larini o‘zlashtirganlikda va Yevroparlament deputatlarining yordamchilarini soxta yollash orqali partiyani yashirincha moliyalashtirganlikda ayblanmoqda. Ushbu ayblov bo‘yicha eng ko‘p jazo o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir. Umumiy zarar deyarli 7 million yevroga baholanmoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, «Milliy birlashuv»dan Yevroparlament deputatlariga yordamchi sifatida yollangan odamlar aslida Yevropa Ittifoqidagi o‘z vakillari uchun emas, balki shaxsan Le Pen yoki uning partiyasi uchun ishlagan. Shunday qilib, «yordamchilari»dan biri - Terri Lege partiya asoschisi Jan-Mari Le Penning qariyb yigirma yil davomida qo‘riqchisi bo‘lgan, keyinroq Marin Le Penning tansoqchisiga aylangan. Shuningdek, u o‘z faoliyati haqida kitob nashr etdi, unda Yevropa parlamentidagi lavozim haqida hech qanday gap yo‘q.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

07:54 / 02.04.2025
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi

18:22 / 01.04.2025
Marin Le Pen qamoqqa hukm qilindi

11:33 / 01.04.2025