Respublikaning barcha viloyatlarida koronavirusga qarshi emlanmagan xodimlarga qonuniy chora ko‘riladi - SES
“Respublikamizga aholini koronavirusga qarshi emlash jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida xorijiy davlatlarda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tgan va yuqori baholangan vaksinalar olib kelindi. Hududlarda tashkil etilgan emlash punktlari va emlash mobil brigadalari tomonidan dastlab 65 yoshdan yuqori va keyinchalik 18 yoshdan kattalarni bepul emlash ishlari tashkil etildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/cyxNh4o3ulUv9zu_irmyXQGu3OG8vW9n.jpg)
Vaksina – yagona chora bo‘lgani sababli mamlakatimizda aholini emlash bo‘yicha bir qancha qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, COVID-19ga qarshi emlanish majburiy qilib belgilandi. Bu kabi qonunlarga amal qilmaslik holatlari ustidan qattiq nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ayni paytda yurtimizning barcha viloyatlarida nazorat tadbirlari boshlangan”, — dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov Kun.uz’ga bergan xabarida.
Ilk natijalarga ko‘ra, Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirlari o‘tkazilgan va 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan. Ulardan 1402 nafari tadbirkorlik sub'yektlari va 5035 nafari esa budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolardir.
Bu kabi fuqarolarga albatta qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uchun qonuniy choralar ko‘rildi. Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirilgan, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortilgan bo‘lsa, beshtasi faoliyati to‘xtatilgan obektlardir.
Ta'kidlanishicha, boshqa viloyatlarda olib borilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari ham tez orada e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/jc90iQpVrz4u0JMUODPBIhRDGTOsenOe_medium.jpg)
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/97YxTOFxzykZaelXcfDsX19SeU7jf8s5_medium.jpg)
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/_pYMxg3DgFX08E9g7m7g2MhvmergJ_Yl_medium.jpg)
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/0AdXTBWNGspFKsCm_B5NN_Olzc52T-6N_medium.jpg)
13:54 / 18.09.2024