Hisobotda koronavirus katta ehtimol bilan laboratoriyada yaratilgani va sizib çiqiş oqibatida tarqalgani haqida xulosa qilingan. Hujjat Vakillar palatasi nazorat qömitasining koronavirus böyiça kiçik qömitasi tomonidan taqdim etildi.

“COVID-19 virusi Xitoyning Uhan şahridagi laboratoriyadan kelib çiqqani ehtimoli yuqori”, — deyiladi unda.

Hisobot mualliflari öz nuqtai nazarlarini isbotlaş uçun beşta dalil keltirdi. Xususan, virus tabiatda aniqlanmagan biologik xususiyatlarga ega ekani qayd etilgan. Ularning ta’kidlaşiça, COVID-19 ga çalinişining barça holatlari virus inson tanasiga bir marta kirgani natijasida yuzaga kelgan.

Bundan taşqari, qonunçilar Uhanda SARS viruslarini örganişga ixtisoslaşgan yetakçi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidladi. Bu muassasada “yetarliça biologik xavfsiz bölmagan” şaroitda tadqiqotlar ötkazib kelingan, deydi ular.

“Uhan virusologiya instituti tadqiqotçilari COVID-19 yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlanişidan bir neça oy oldin, 2019 yil kuzida koronavirusga öxşaş virus bilan kasallangan. Ilm-fanning barça mezonlariga köra, agar tabiiy kelib çiqişga oid dalillar mavjud bölsa, ular allaqaçon aniqlangan bölardi”, — deb xulosa qildi ma’ruzaçilar.

The Wall Street Journal naşri razvedkaning maxfiy hisoboti mazmuni bilan taniş manbalarga asoslanib xabar berişiça, avvalroq AQŞ Energetika vazirligi COVID-19 Xitoy laboratoriyasidan sizib çiqqan, degan taxminga qöşilgan. AQŞ hukumatining milliy laboratoriyasi uşbu nazariyaga “işonçli” deb qaraşni taklif qildi, FQB ham bu fikrni qöllab-quvvatladi, biroq milliy razvedka bunday talqinga şubha bildirdi. WSJ yozişiça, yana törtta razvedka agentligi virusning tabiiy kelib çiqiş nazariyasini qöllab-quvvatlamoqda, ikkitasi aniq töxtamga kelmagan.

“Hozirgi kunda AQŞ hukumatida COVID-19 qanday paydo bölgani töğrisida yagona fikr yöq”, — degandi Oq uy vakili Jon Kirbi 2023 yilning fevral oyida.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirusning tabiiy kelib çiqişi ehtimoli yuqori deb hisoblaydi.