Uhan virusologiya instituti olimlari COVID-19 pandemiyasiga sabab bölgan mikroorganizmlarni ilgari heç qaçon örganmagan. Institutning koronavirus tadqiqotlari rahbari Şi Jyengli bu haqda Yaponiyada ötkazilgan konferensiyada ma’lum qildi, deb yozmoqda Nature.
Dekabr oyi boşida AQŞ hukumati koronavirus tarqalişining sabablari böyiça ikki yillik tekşiruvlarga bağişlangan hisobot e’lon qilgandi. Unda COVID-19 katta ehtimol bilan Uhan laboratoriyasida paydo bölgani aytilgan. Hujjat mualliflarining ta’kidlaşiça, virusda tabiatda uçramaydigan xususiyatlar aniqlangan.
Bunga javoban Jyengli Uhan laboratoriyasi pandemiyaga olib kelgan SARS-CoV-2 ni örganiş bilan şuğullanmaganini aytdi. Uhan virusologiya instituti vakili Xitoy janubidagi körşapalaklardan olingan önlab yangi koronavirus turlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Institut muzlatkiçlarida saqlanayotgan viruslarning heç biri COVID-19 ning sönggi ajdodlari qatoriga kirmaydi. Jyengli ta’kidlaşiça, olimlar SARS-CoV-1 va SARS-CoV-2 ga çambarças boğliq viruslar haqida ilmiy adabiyotlarda tasvirlangan ma’lumotlardan ortiq narsa topmagan.
Xitoylik mutaxassislarning bayonotiga Edinburg universiteti munosabat bildirdi. Evolyutsion biolog Jonatan Pekarning aytişiça, yangi ma’lumotlar Uhandagi olimlar COVID-19 ustida işlamaganini körsatmoqda. Tadqiqotçilar xavfli virus qayerdan kelib çiqqanini sinçkovlik bilan örganişda davom etişi kerak.
SARS-CoV-2 ga çaliniş böyiça birinçi holat bundan beş yil oldin, 2019 yil dekabr oyida Uhan şahrida tasdiqlangan. Koronavirus butun dunyo böylab tez sur’atda tarqala boşladi, natijada 2020 yil 11 martda pandemiya e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, 770 milliondan ortiq odam COVID-19 ga çalindi, taxminan 7 million kişi kasallikdan vafot etdi. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, haqiqiy körsatkiçlar bundan ança yuqori bölişi kerak. Eng keng tarqalgan taxminlardan biriga köra, kasallikni birinçi bölib yuqtirgan odam Uhandagi hayvonlar bozori sotuvçisi bölgan. Biroq koronavirusning kelib çiqiş manbasi haligaça aniqlangani yöq.











