Jahon | 18:09 / 15.03.2022
7372
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya turistlar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qildi

18 martdan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan sayyohlar parvozdan avval va mamlakatga kelganidan so‘ng PZR test topshirishlari talab qilinmaydi. 

Foto: Depositphotos

Buyuk Britaniya hukumati xorijlik turistlar uchun mamlakatga kirishda amaldagi koronavirus cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlar assotsiatsiyasi ma’lum qildi

Yangi qoidalarga ko‘ra, 18 martdan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan sayyohlar parvozdan avval va mamlakatga kelganidan so‘ng PZR test topshirishlari talab qilinmaydi.  

Bundan tashqari, chegarani kesib o‘tish uchun talab qilinadigan yo‘lovchilarni qidirish bo‘yicha majburiy shakl (PFL) ham bekor qilindi. 

Mamlakatda cheklovlardan faqat jamoat transporti va jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlab qolindi.

Mavzuga oid