16:45 / 11.11.2017
5805

Abdulaziz Komilov Ispaniyaga boradi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 12 15 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Ispaniya Qirolligida bo‘ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari O‘zbekiston-Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etadi va qirollikning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Top