Bryussel şahrida Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Yevropa kengaşi raisi Şarl Mişel örtasida uçraşuv bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot çoğida Özbekiston–Yevropa munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Sönggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik faollaşgani qayd etildi. Hozirgi vaqtda barça darajalarda, jumladan, oliy darajada yaqin aloqalar saqlanib qolmoqda. Yevropa kengaşi rahbarining Özbekistonga taşrifi, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlarining ikkita uçraşuvi, özaro aloqalar böyiça Samarqand konferensiyasi va boşqalar muvaffaqiyatli ötdi.

Tomonlar özaro manfaatli barça sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirişga tayyor ekani tasdiqlandi.

Şarl Mişel Özbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyodagi konstruktiv siyosatini olqişladi. Mintaqa va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarning barça kölamini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan uşbu sa’y-harakatlar alohida qayd etildi.

Şuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.