Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Yaponiyaning eng qadimiy mukofotlaridan biri hisoblangan “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni — Abdulaziz Komilovga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun berilgan.

Ordenni Yaponiya imperatori Naruxito – mamlakat bosh vaziri Fumio Kishido ishtirokida topshirdi. Mukofot, shuningdek bir qancha mahalliy amaldorlarga ham topshirilgan.

Orden Yaponiyadagi eng qadimgi (1875 yildan beri beriladi) va mamlakatning eng oliy mukofoti hisoblanadi. U olti darajaga ega (katta lentadagi orden — eng yuqori daraja).