Ozod etilgan Kupyanskdan ilk kadrlar va Donbassda yangi janglar. Urush suratlari
Urushning navbatdagi kunidagi asosiy voqea Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Kupyanskning sharqiy qismi ham ozod etilgani bo‘ldi. Bu amaliyot muvaffaqiyati mustahkamlanishi ukrain armiyasiga yurishni Luhansk oblasti chegarasiga qadar davom ettirish imkonini beradi. Xarkiv oblastida oldinroq ozod etilgan hududlarda Rossiya istilosi oqibatlarini tergov qilish jarayoni davom etmoqda. Frontning boshqa uchastkalarida esa tomonlar harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.
Quyida 17 sentabr, urushning 206-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kunning asosiy suratlari. Ukraina harbiylari tomonidan ozod etilgan Kupyanskdan ilk suratlar
So‘nggi haftalarda Xarkiv oblasti markazidan 100 kilometrdan ortiq masofada joylashgan Kupyansk shahri uchun janglar olib borildi. 17 sentabr kuni Ukraina qurolli kuchlari nihoyat Kupyanskni ikki qismga ajratib turadigan Oskol daryosi kechib o‘tilgani va sharqiy qirg‘oqda ham mustahkam o‘rnashilgani haqida xabar berdi — Ukraina qo‘shinlarining Xarkiv oblastidagi qarshi hujumidan keyin chekingan rossiyalik harbiylar shu yerda platsdarm o‘rnatishgandi. Endilikda agar ukrain armiyasi ta’minotni yo‘lga qo‘yib, yangi qarshi hujum boshlasa, Luhansk oblasti chegaralarigacha yetib borilishi mumkin.

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Xarkiv oblasti
Xarkiv oblastidagi Izyum shahrida shahar Rossiya armiyasi istilosi ostidagi davr oqibatlarini tekshirish davom ettirilmoqda.

Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Vyacheslav Madiyevskyy / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk
17 sentabr kuni Donetsk markazi o‘qqa tutildi. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, zarba oqibatida qurbonlar va jabrlanuvchilar bor. TASS ma’lumotiga ko‘ra, Venesuelaning TeleSUR telekanali muxbiri ham jarohat olgan. Ukraina armiyasi snaryadlaridan biri Voroshilov rayoni ma’muriyati binosiga kelib tushgan.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Nafaqat Kupyanskda, balki Xarkiv, Luhansk va Donetsk oblastlarida frontning boshqa uchastkalarida ham intensiv harbiy harakatlar davom etmoqda. Ukraina harbiylari bu yo‘nalishlarda 10 kun oldin Balakliyada bo‘lgani kabi o‘nlab kilometrlarga yorib o‘ta olmaydi, bu bosqichda yirik suv to‘siqlari ortida mustahkam o‘rnashgan RF qurolli kuchlarining mudofaasini yengib o‘tish talab etiladi.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

09:50 / 19.04.2025
Jyey Di Vens Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘zgarishlarni ko‘rmoqda

09:10 / 19.04.2025