XTV tizimida 88 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlandi
2021 yilning 11 oyida aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar sababli Xalq ta'limi vazirligidagi 243 nafar rahbar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz’ga vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotga ko‘ra, xalq ta'limi tizimida 2021 yilning 11 oyi davomida 88 mlrd so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklar, shundan 27,5 mlrd so‘mlik o‘g‘rilik va kamomad aniqlangan.
Joriy yilning noyabr oyida Hisob palatasi bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirlarda Andijon viloyatining Andijon shahrida 11,5 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 11,0 mlrd so‘m hamda ushbu viloyatning Guliston shahrida 4,0 mlrd so‘m miqdorda budjet mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgan.
Yil boshidan hozirgi kunga qadar vazirlik tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 368,6 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar oldi olinishiga va bartaraf etilishiga erishilgan.
“Hozirga qadar sohada aniqlangan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan 243 nafar rahbar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 3 ming 415 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rilgan, 151ta holat bo‘yicha to‘plangan materiallar huquq-tartibot idoralariga yuborilgan.
Tarkibida jinoyat alomatlari bo‘lgan 159ta 72,9 mlrd so‘mlik o‘rganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
O‘tgan davr davomida vazirlik tomonidan 264 ming 41 nafar xodim huquqlari himoya qilinib, 963 nafarining huquqi tiklangan bo‘lsa, 188ta holatda boshqa davlat organlari tomonidan faoliyatga noqonuniy aralashuv va tekshiruvlarning oldi olingan”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, xalq ta'limi tizimida noqonuniy xarajatlarni amalga oshirish xavfi mavjud bo‘lgan hududlarning “qizil” ro‘yxati shakllantirilishi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
19:10 / 31.08.2022
Baxtiyor Saidov o‘qituvchilar toifasi masalasida izoh berdi
20:46 / 09.08.2022
Fikrlashni emas, yodlashni o‘rgatayotgan maktab ta’limi: XTV rahbariyati izoh berdi
21:51 / 08.08.2022
Andijon viloyati XTB boshlig‘i hibsga olingani bo‘yicha vazirlik izoh berdi
10:41 / 04.06.2022