Xalq ta'limi vazirligining budjet mablağlarining töğri sarflanişiga bağişlangan hay'at yiğilişida Andijon viloyati XTB rahbariga intizomiy jazo qöllanildi. Bu haqida XTV axborot xizmati xabar berdi.
10 noyabr kuni Xalq ta'limi vazirligida tizimiga ajratilayotgan budjet mablağlarining töğri sarflanişini taşkil qiliş va xatoliklarning oldini oliş masalalari töğrisida navbatdan taşqari hay'at yiğilişi bölib ötdi. Unda tizimdagi moliyaviy xatoliklar, xususan Andijon şahar xalq ta'limi bölimi tasarrufidagi maktablarda ötkazilgan nazorat tadbiri natijalari muhokama qilindi.
Xabarda aytilişiça, tizimda budjet mablağlarini sarflaşda xato va kamçiliklarga yöl qöygan xodimlarga nisbatan qat'iy çora köriş yuzasidan topşiriq berildi. Jumladan:
- kamçiliklarga yöl qöygan xodimlarga lavozimidan ozod etişgaça bölgan tegişli intizomiy jazo çoralarini qöllaş;
- xalq ta'limi tizimi böyiça, ayniqsa, Andijon şahar xalq ta'limi bölimida mas'ul xodimlarning aloqadorligi yoki harakatsizligi yuzasidan xizmat tekşiruvini ötkaziş;
- budjet mablağlarining noqonuniy sarflanişi va talon-toroj qilinişi holatlarining profilaktikasini ta'minlaş va ularning oldini oliş yönalişi böyiça çoralarni kuçaytiriş;
- noqonuniy xarajatlarni amalga oşiriş xavfi mavjud bölgan hududlar böyiça alohida “qizil” röyxatni şakllantiriş hamda ularni doimiy nazorat va kuzatuvga oliş yuzasidan amaliy işlarni yölga qöyiş böyiça aniq vazifalar belgilab berildi.
Hay'at yiğilişi qarori bilan Andijon viloyati Xalq ta'limi boşqarmasi rahbariga tegişli intizomiy jazo çorasi qöllanildi.
Xalq ta'limi vaziri örinbosari Temur Komilov vazirlikka tegişli muassasalarda 9 oy davomida 76,5 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlanganini aytgan edi. Bunda eng katta kamçiliklar Andijon viloyatiga töğri kelib, 4,5 mlrd söm noqonuniy tarzda iş haqi hisobidan soliqlarni tölaşga yönaltirilgan.
Xalq ta'limi tizimida 9 oyda 76,5 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçilik aniqlangan
Ma'lumot uçun, barça vazirlik va idoralar içki audit xizmati natijalarini har çorakda bir marta e'lon qilişi yölga qöyilmoqda. Jumladan, Oliy ta'lim vazirligining içki audit va moliyaviy nazorat boşqarmasi tomonidan tizimda 9 oyda 13,5 mlrd sömlik moliyaviy xatolikka yöl qöyilgani ma'lum qilingan












