Moliya vazirligi karonavirusga qarshi kurash tadbirlariga qancha mablag‘ sarflanganini ochiqladi
Joriy yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, vaksina sotib olish va fuqarolarni emlash ishlarini tashkil etish xarajatlari 1,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Moliya vazirligi sog‘liqni saqlash yo‘nalishidagi xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ochiqladi.
Qayd etilishicha, 2020 yilda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3,84 trln so‘m mablag‘ sarflangan.
Shundan 2,52 tlrn so‘m 381 ming 299 nafar tibbiy va boshqa xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun, 703, 8 mlrd so‘m dori-darmon, tibbiyot buyumlari, gigiyena va zararsizlantiruvchi vositalar xarid qilishga, 247,1 mlrd so‘m oziq-ovqat va bir martalik oshxona buyumlari xarajatlari uchun, 133,9 mlrd so‘m tibbiyot jihozlari va transport vositalarini sotib olish uchun, 233 mlrd so‘m boshqa xarajatlar (dezinfeksiya, transportirovka, kommunal to‘lovlar va h.k.) uchun yo‘naltirilgan.
«2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunida Covid -19ga qarshi kurash tadbirlari uchun 3 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan edi. Epidemiologik vaziyatning yomonlashishi va koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni ortishi sabab ushbu mablag‘lar miqdori 4,3 trln so‘mga yetkazilgan, shundan vaksina sotib olish va fuqarolarni emlash ishlarini tashkil etish xarajatlari 1,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Covid-19ga qarshi emlash kampaniyasi boshlangandan buyon oktabr oyigacha 23,8 mln doza vaksina ishlatilgan. Emlash ishlari bir nechta preparatlarda amalga oshirilmoqda: Rossiyaning «Sputnik V», uzbek-xitoy hamkorligida chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001, Shvetsiya-Britaniyaning AstraZeneca va AQShning Moderna. Oktabr oyiga qadar to‘liq emlanganlar (barcha dozasini olganlar) fuqarolar soni 5,7 mln nafarga yetgan.
Ma'lum qilinishicha, davlat budjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratiladigan mablag‘lar hajmi YaIMning 3,1 foizini tashkil etgan.
Mavzuga oid

15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi

17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi

23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi

13:54 / 18.09.2024