Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali tashkil etiladi
Jizzaxda Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filiali hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan viloyat bolalar diagnostika markazi tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining shu to‘g‘ridagi qarori normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joriy yilning 21 yanvar sanasiga qadar muhokama uchun qo‘yildi.
Unga ko‘ra, mazkur filialning asosiy vazifalari hududda malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish, shuningdek, respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga iqtidorli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali filial ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini oshirib borishdan iborat.
Filialda 2023/2024 o‘quv yilidan ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan sifatli ta’lim berish uchun yetarli sharoitlar to‘liq yaratilganligi to‘g‘risidagi ijobiy xulosasi olinish sharti bilan boshlanadi.
2023/2024 o‘quv yilidan Jizzax davlat pedagogika universitetining “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini Samarqand davlat tibbiyot universitetining Jizzax filialida davom ettirishlariga ruxsat beriladi.
Filialning yangi bino va inshootlari qurib bitkazilgunga qadar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun vaqtinchalik Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bazasida bino ajratish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024