Jizzaxda “Kamaz” yuk maşinasi temiryöldagi svetoforning qizil işorasiga böysunmasdan şlagbaumni urib ötib ketgan. Bu haqda Toşkent mintaqaviy temiryöl uzeli xabar bermoqda. 

Hodisa 2024 yil 24 noyabr kuni soat 01:05 larda sodir bölgan. Jizzax-Sirdaryo yönalişida harakatlanib kelayotgan, Qaşqadaryo viloyati raqamida bölgan “Kamaz” “Daştobod-Robot-Daştobod-Yangiyer” bekatlari oraliği 32 kilometrida joylaşgan temiryöl kesişmasida, ogohlantiruvçi qizil çiroqga böysunmasdan harakatlangan. 

Oqibatda, yuk maşinasi avtoşlagbaumni urib ötib, 4-sonli UZP qurilmasining ustiga çiqib ketgan va qurilmani sindirgan.

Qayd etilişiça, poyezdlar harakatlanayotgan vaqtda temir yöl kesişmalarida avto hamda boşqa transport vositalari harakatini töxtatib, harakat xavfsizligini ta’minlaş uçun örnatilgan uşbu UZP qurilmasi, yuk va yölovçi poyezdlari hamda yuzlab yölovçilarning xavfsizligini ta’minlab, baxtsiz hodisaning oldini olişda juda katta öringa ega hisoblanadi.