Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Farğona viloyatida yaşovçi, 1980, 1983 va 1989 yilda tuğilgan 3 nafar fuqaro özaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming söm pulni Jizzax viloyatida 27200 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Qayd qilinişiça, tergovga qadar tekşiruv davomida mazkur şaxslardan olingan 200 ming, 100 ming va 20 ming sömlik kupyura körinişidagi qalbaki banknotlar purkagiçli printer yordamida çop etilgani ma’lum bölgan. Ta’kidlanişiça, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan şaxslar hisoblanadi.

Hozir ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.