07:37 / 27.04.2022
3688

«Afrosiyob» tezyurar poyezdining Shahrisabzgacha harakati qayta tiklanadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bir oy muddatda “Afrosiyob” tezyurar poyezdining Shahrisabzgacha harakatini qayta tiklaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 26 aprel kungi videoselektor yig‘ilishida sifatli transport-logistika xizmatlari yo‘lga qo‘yilmasa, turizmni rivojlantirib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, transport xarajatlarining yuqoriligi xorijiy turistlarni jalb qilishda asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. 

Haligacha xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarda loukosterlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmagani, zamonaviy “Afrosiyob” poyezdiga chipta olish uchun bir necha hafta oldin murojaat qilish zarurligi tanqid qilindi.

Shu bois Transport vazirligiga bir oy muddatda:

  • Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona, Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlarni; 
  • Buxoro-Samarqand, Buxoro-Xiva, Buxoro-Termiz yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bir oy muddatda “Afrosiyob” tezyurar poyezdining Shahrisabzgacha harakatini qayta tiklaydigan bo‘ldi.

Mutasaddilarga 1 sentabrga qadar har kuni 2 mingdan ziyod sayyohlarga tarixiy maskanlarni aylanib chiqish imkonini beradigan 2 qavatli muntazam turistik avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga topshiriq berildi.

Top