Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxşilaş va xorijiy turistlar oqimini köpaytiriş çora-tadbirlari muhokamasi böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, xorijiy investorlar tomonidan Şahrisabz tumani Ğyelon va Sarçaşma qişloqlari orasida 3 ming gektarli toğ-çanği majmuasi taşkil qiliş boşlandi. Miraki qişloği böyiça ham master reja işlab çiqilmoqda.

Bu tumanning tarixi ham, tabiati ham diqqatga sazovor. Qolaversa, Şahrisabz şahri Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining “2024 yildagi turizm poytaxti”, deb e’lon qilingan.

Şu bois u yerda turizmni rivojlantiriş böyiça qator çora-tadbirlar belgilandi. Birinçi galda Şahrisabz şahri va Şahrisabz tumanida turizm klasteri taşkil qilinadi. 33 kilometrli Hisorak – Ğyelon va Hisorak – Sarçaşma yöli kengaytirib, ta’mirlanadi. “Çiroqçi-Şörquduq” avtomobil yöli yaxşilanib, Samarqanddan Şahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi.

Ğyelondan ötuvçi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta gidro elektr stansiya işga tuşiriladi. Natijada turizm klasterida elektrdan muammo bölmaydi. Şahrisabz turizm texnikumida Şveytsariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi.

Bunday işlarni Ohangaron, Urgut, Nurota, Yangiqörğon, Pop, Çortoq, Boysun, Sariosiyo, Baxmal, Farğona kabi turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanda ham qiliş mumkinligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda bu borada master reja işlab çiqiş topşirildi.