Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand - Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
24, 25, 26 may kunlari Samarqand - Toshkent - Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yilning 24, 25, 26 may kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026