O‘zbekiston | 18:50 / 15.08.2022
17492
3 daqiqa o‘qiladi

Tomchilab sug‘orish ortidan tonnalab hosildorlik – bu qanchalik haqiqat?

Tomchilatib sug‘orish – dalaga emas, o‘simlikka suv berish degani. Mineral o‘g‘itlar suv tarkibiga qo‘shilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri ildizga yetib boradi. Avval 10ga yaqin suvchi talab qilingan yerni atigi bir kishi sug‘orib chiqishi mumkin. Vaqtni, mablag‘ni tejaydi. Hosildorlikni oshiradi.

Omad Start kompaniyasi tomchilab va yomg‘irlatib sug‘orish tizimini o‘rnatishda sizga yordam beradi.

Avvallari dehqonchilik-bog‘dorchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishi kanal yoki ariqdan ekinlarga suv tortib kelishi kerak bo‘lgan. Mashaqqati, xarajati katta bo‘lsa ham, shu uslubda ishlab kelayotgan fermerlar hamon topiladi.

Lekin hozir innovatsiya davri. Tomchilab sug‘orish orqali tonnalab mo‘l hosil olish mumkin. AQSh, Germaniya, Xitoy, Turkiya, Isroil, Misr va boshqa davlatlar qishloq xo‘jaligida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish usulidan keng foydalanmoqda.

Omad Start kompaniyasi O‘zbekistonda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatib berishda fermerlarga yaqindan yordam berib kelmoqda va jarayonga aloqador barcha texnikalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni boshlayapti. Shu sabab, aksiya doirasida xizmat ko‘rsatish narxi qariyb 5 million so‘mga arzonlashtirilgani e’lon qilindi.

"Ko‘llatib sug‘orishda hosil birdek bo‘lmaydi. Suv mineral o‘g‘itlarni o‘simlik ildizidan boshqa joyga surib ketadi. Yangicha usulda esa unday emas. O‘zimiz ikki yildan buyon tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanyapmiz. Afzalliklari juda katta. Hosil ikki barobar oshdi. Bu yil yana ko‘proq miqdorni umid qilyapmiz. Ko‘pchilik fermerlar bu kabi innovatsiyalardan cho‘chishyapti. Lekin juda foydali, mehnati kam va natijasi yuqori bo‘lgan usul ekan. Masalan, biz baraka topdik shundan", - deydi fermer Haydarov Abdurazzoq.

Tabiiyki, hamma dala ham birdek emas. Mabodo sizning yeringiz joylashgan hududda oqar suv bo‘lmasa yoki elektr tarmog‘i o‘tkazilmagan bo‘lsa ham muammo emas! Artizan quduqlarini qazish, transformator o‘rnatish orqali bu masalani ham hal qilish imkoniyati bor. Elektr energiyasi yetib borishi uchun kerakli ehtiyot qismlar bilan ta’minlanadi.

Respublikaning istalgan nuqtasidan buyurtma berishingiz mumkin. Texnologiya olib boriladi, o‘rnatiladi. Bonus sifatida, 3 yil mobaynida professional serviz ko‘rsatiladi. Omad Start — hosildorlikka omadli start bering!

Batafsil ma’lumot uchun:

+998999677511
+998956511111
+998900125000

Reklama

Mavzuga oid