Ayni paytda respublikamizda olinayotgan suvning qariyb 90% qismi qişloq xöjaligida foydalaniladi. Demak kelajakni töğri taxminlagan fermer va dehqon xöjaliklari yerni tomçilatib va yomğirlatib suğoriş usuli bilan suğoriş çoralarini körişga kirişdi.

“Joriy yilning may oyida dalamizga “Omad start” kompaniyasining innovatsion texnologiyalarini örnatdik. Avvallari yetiştirayotgan paxtamizning bir tekisda ösib rivojlanişi qiyin bölardi. Tomçilab suğoriş texnikasini qöllay  boşlaganimizdan keyin paxtaning ösişi sezilarli darajada özgardi. Bu esa hosildorlikka ham ta’sir qilyapti. Çunki avval ösib ketib hosil bermagan ğözalar hozir bir tekisda ösyapti, uzumday terilib turgan kösaklarni körasiz”, - deydi fermerlardan biri Oybek Olloberganov.

Fermerning aytişiça, tomçilatib suğorişning afzalligi hamma joyning bir xilda suv bilan ta’minlaşida. Oddiy suğorişda dalaning notekisligiga qarab ayrim joylarda suv töplanib qolişi, ayrim joylarga esa suv yetib bormasligi yuz bergan. Yangi texnologiya bu kamçilikni bartaraf etadi va barça ösimliklar tekis rivojlanadi. Bundan taşqari ösimliklarni begona ötlardan asraydi.

Ayni vaqtda an’anaviy usulda suğoriladigan daladagi ğözalarda 6-7 ta kösak bölsa, tomçilatib suğoriladigan dalalarda 15-20 tagaça, ayrim joylarda 30 talab kösak köriş mumkin.

“Omad start” kompaniyasi fermerlarga mana şunday şaroitda ösimlikni nobud qilmay, yaxşi hosil oliş böyiça innovatsion yeçim olib kirdi. Tomçilatib suğoriş va yomğirlatib suğoriş usuli orqali dehqonlar ilk natijalarni olişni boşlaşdi.

“2020 yilda şu kompaniya bilan hamkorlikni boşlaganmiz. 10,5 ga yerga tomçilatib suğoriş texnikasini örnatdik va yaxşi natija oldik. Bu texnologiyani işlatib boşlaganimizga 3 yil bölyapti, birinçi yili 40-50 sentnerdan, ikkinçi yil esa 60-65 sentnerga çiqdi. Bu yil 80 sentnerdan hosil olişni möljallab turibmiz.

Dalamizda 15 nafar işçi işlatardik, hozir faqat texnologiyalardan foydalaniş evaziga inson omilidan voz keçganmiz. Kerakli oziqlantiruvçi mineral öğitlarni suv bilan birga soliş uçun bitta mutaxassis işlaydi. Butun dalani suğorişda, öğitlaşda köp kuç sarflaşga hojat qolmaydi. 3 yil avval örnatgan texnikalarimiz haliyam sifatli işlab kelmoqda”, - deydi urgançlik fermer Maqsud Ismoilov.