Jizzax shahri hokimi o‘zgardi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Akbar Shukurov Jizzax shahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda «Sangzor.Uz» manbasi xabar bergan.
Bu lavozimda 2017 yil aprel oyidan buyon Jizzax viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Akrom Bahriddinovich Rahmonqulov ishlab kelayotgandi.
Akbar Shukurov 2011—2017 yillarda Samarqand shahri hokimi bo‘lgan, 2017 yilning fevral oyidan beri «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurita boshlagandi.
3 aprel kuni Fazliddin Fathullayevich Sagdullayev «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024