Oltin narxi keskin ko‘tarildi
Qayd etilishicha, investorlar inflatsiya tezlashishi fonida oltinga yana «eski qadrdon do‘st» sifatida qaray boshladi.
Birja savdolari davomida oltin narxi besh oy ichidagi maksimal qiymatga yetdi – qimmatbaho metallning bir unsiyasi 1868,5 dolargacha ko‘tarildi. O‘sib borayotgan inflatsiya investorlarni oltin sotib olishga undamoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Ammo hozircha oltin narxi 2020 yil avgustdagi rekord ko‘rsatkichga yetgani yo‘q. O‘shanda uning bir unsiyasi 2050 dollar deb baholangandi.
Qayd etilishicha, investorlar inflatsiya tezlashishi fonida oltinga yana «eski qadrdon do‘st» sifatida qaray boshladi.
Jahon markaziy banklari narxlarni tutib turish bo‘yicha choralar ko‘rmasa oltin narxi yuqorilashda davom etadi. Jahon banklari bozorlari bo‘yicha TIAA Bank prezidenti Kris Gefni investorlarga portfellaridagi oltin ulushini 10 foizgacha oshirishni maslahat bergan.
Mavzuga oid
14:31 / 08.08.2024
O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari rekord miqdor – 37,4 mlrd dollarga yetdi
14:33 / 22.07.2024
Gaz sotish 24 barobarga oshdi, oltin eksporti to‘xtadi, Rossiya va Xitoyga bog‘liqlik ortib boryapti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
07:50 / 19.07.2024
11 ming dollarga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi
14:00 / 14.07.2024