1 apreldan bog‘cha bolalari uchun televizion mashg‘ulotlar boshlanadi (jadval)
20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni karantin vaqtida masofada o‘qitish tizimini ishlab chiqildi.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Milliy teleradiokompaniyasi yordamida ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarga tizimli, foydali va rivojlantiruvchi ta'lim berishda uslubiy yordam sifatida «Onlayn bolalar bog‘chasi» dasturini ishlab chiqdi. U o‘z ichiga quyidagi ta'lim loyihalarini qamrab oladi:
- «Ilk qadam» — 3-5 yoshdagi bolalar uchun;
- «Aqlvoy» — 6 yoshdagi bolalarni maktabgacha tayyorlash uchun.
Loyihalar nimalarga bag‘ishlangan?
20-25 daqiqalik ushbu videolavhalar «Ilk qadam» va «Aqlvoy» davlat dasturlari negizida tayyorlangan. Har bir mashg‘ulot mavzusi maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning 4-5 soha: atrof olamni o‘rganish, ijodiy va ta'lim olish, nutq va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishni qamrab oladi:
«Ilk qadam» - bu:
- quvnoq qahramonlar ishtirokidagi ertalabki badantarbiya;
- interfaol o‘yin shaklidagi ingliz tili mashg‘uloti;
- mental arifmetika va matematik hisob asoslari;
- yosh sayyoh (mitti do‘stlarimiz uchun O‘zbekistonning qadimgi shaharlari haqida ko‘rsatuvlar to‘plami);
- mitti yordamchi (oshxona taomlari tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari);
- logoped bilan mashg‘ulot.
«Aqlvoy» — bu:
- MTT pedagoglari va milliy qahramonlar (Amir Temur, Zulfiya, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Tamaraxonim) ishtirokidagi bolalar ta'lim ko‘rsatuvlari;
- mahorat sinflari;
- uy sharoitlarida amaliy tajribalar.
Mashg‘ulotlarni qayerda tomosha qilish mumkin?
1 apreldan boshlab «Bolajon» telekanalida dushanbadan jumagacha soat 08:00 dan efirga uzatiladi.
Onlayn-mashg‘ulotlar quyidagi internet-resurslarda joylashtiriladi:
- MTV rasmiy sayti: http://Mdo.uz
- Youtube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg
- instagram: @mdo.uz
- facebook: @mtv.gov.uz
Mavzuga oid
17:53 / 01.08.2023
IIB xodimlari ma’ruza qilgan bog‘cha mas’ullari jazolandimi?
15:36 / 28.07.2023
Prezident Uchtepa tumanida bog‘cha bolalariga ma’ruza o‘qigan profilaktika inspektori voqeasiga to‘xtaldi
17:40 / 27.07.2023
Ta’limda bola psixologiyasi qay ahvolda? Psixologlar bilan suhbat
12:07 / 24.07.2023