Hozir köp oilalarning barça a'zolari kunni uyda birga ötkazişyapti. Çunki kattalar masofadan işlaşmoqda, bolalar esa ta'limni uyda – onlayn darslar orqali olişmoqda. Bu jarayonga töğri yondaşilsa, karantin davrini nafaqat maroqli ötkaziş, balki ota-ona va farzandlar örtasidagi munosabatlarni ham yaxşilaş mumkin.
Koronavirus haqidagi salbiy fikrlarni kamaytiring
Bolalarni yangiliklar va döstlari orqali eşitadigan hikoyalar qörqitişi mumkin. Ularning barça savollariga javob bering va bu kasallikdan qanday himoyalanişni ayting. Ösmirlar va talabalar bilan böladigan suhbat biroz murakkab keçişiga tayyor turing: ularning köpçiligi darslarning bekor bölişini döstlari bilan uçraşiş imkoniyati sifatida qabul qilişlari va uçraşuvlar xavfli bölsa ham uyda qolişni istamasliklari mumkin.
Oilaning barça a'zolari uçun yoqimli bölgan maşğulotlarni öylab toping
Odamlar köpinça oilaviy maşğulotlarga vaqt yetmasligi haqida nolişadi. Karantin – yoqimli maşğulotlar bilan şuğullaniş uçun eng qulay payt. Bu vaqtda birgalikda şirinliklar pişirişingiz, stol öyinlarini öynaşingiz, filmlar tomoşa qilişingiz mumkin.
Jadval tuzing
Uyqu, ovqatlaniş, dam oliş, işlaş va onlayn darslar uçun vaqt ajrating. Jadval qat'iy bölişi şart emas. Biroq keç tuşguniga qadar uy işlarini bajariş kabi muayyan maqsadlarning belgilanişi köngiloçar maşğulotlar uçun köproq vaqt ajratişga imkon beradi. Bolalarga onlayn darslarni özlaştiriş rejimiga ötiş uçun maktab uçun kiyingandek kiyiniş, soçlarni taraş kerak böladi.
Jismoniy maşqlar bilan şuğullaning
Oilangizning barça a'zolariga kerak bölganingizda maşqlar uçun vaqt ajratiş qiyin. Biroq hatto 20 daqiqalik jismoniy maşqlar ham kun davomida özingizni yaxşi his etişga yordam beradi.
Iş joyini özingizga moslaştiring
Agar işlaş uçun alohida xonangiz bölmasa, buning uçun qulay joy ajrating. Bu yaxlit xona yoki burçakda turgan stol bölişi mumkin. Bu joyni özingiz uçun qulaylaştiring: u yerga yoruğlik tuşib tursin va stol ustiga özingiz yoqtirgan xona guli yoki yoqimli suratni qöying.
Turmuş örtoğingiz bilan vaqtni şunday taqsimlangki, işga oid suhbatlar va elektron xatlarga javob beriş imkoniyatingiz mavjud bölsin. Farzandini yolğiz katta qilayotgan odamlar kattaroq farzandlariga yordam sörab murojaat etişlari mumkin. Yodingizda bölsin, zaruriyat tuğilganida bolalarni multfilm bilan maşğul qiliş mumkin.









