Foto: Ikki milliondan ortiq gullar bilan bezalgan Toshkent gullar festivali
Toshkentda «Tashkent Flower Fest – 2022» gullar festivali boshlandi. Kun.uz ikki milliondan ortiq gullardan yasalgan kompozitsiyalar, floristik installyatsiyalar bilan bezalgan ko‘rgazmadan fotojamlanma taqdim qiladi.
6 may kuni boshlangan festival Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona qarshisidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni bezash uchun, rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, 2 milliondan ortiq gullardan foydalanilgan.
Shuningdek, maydonda ulkan daraxtlar – yapon sakurasi, Madagaskar baobabi va o‘zbek chinorining sun’iy nusxalari to‘liq o‘lchamda o‘rnatilgan.
«Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi stela shaklidagi minora ham gullar bilan o‘ziga xos bezatilgan.
Festival hududida fudkortlar, foto va selfi uchun ko‘plab maydonchalar bor. Xonadon va landshaft o‘simliklarining ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham festivalga tashrif buyurgan.
Gullar festivali 8 maygacha davom etadi, kirish bepul.
Rasmlar muallifi Farrux Absattarov
Mavzuga oid
22:20
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi
15:14
Mirobod prokurori elektr energiyasini tejash bo‘yicha reyd o‘tkazdi. Tarmoq soatiga 19 980 so‘mlik yuklamadan xalos qilingan
19:45 / 30.11.2024
Xotinining barmog‘ini sindirgan shaxsga oilaviy zo‘ravonlik ayblovi bilan hukm o‘qildi. U Qurilish vazirligi mutaxassisi bo‘lgan
11:59 / 29.11.2024