Havo sovişi bilan Toşkent şahrida havo sifati tuşişni boşladi. Boş prokuratura sanoat korxonalari filtr örnatişni paysalga solayotganini aytyapti. Tegişli qarorga qaralsa, filtr örnatiş 2025 yilning oxiriga boribgina hal qilinadiganga öxşaydi.

Filtrsiz korxonalar

Noyabr boşidan beri Toşkent şahri havosi bir neça bor qizil (xavfli) va binafşarang (öta xavfli) darajaga çiqdi. Bunga boş rejaning yöqligi, avtomaşinalarning köpaygani va yana boşqa faktorlar sabab bölyapti. Lekin muammoning aynan kuz-qiş oylarida rekord darajada tez-tez takrorlanişining boş sababi – Toşkent şahri va uning atrofidagi issiqxona hamda sanoat zonalaridan çiqayotgan zahar. Obektlar gaz örniga kömir va mazut yoqişga majbur. Bu esa zaharni köpaytiryapti, yana ham yomonroği – şu obektlarda zaharni tutib qoliş uçun filtr örnatilmaganida. Ötgan yili parlamentga çaqirilgan ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bu muammoni tan olgandi.

Ötgan yili nima bölgandi?

2023 yilning oxiri va 2024 yilning boşida Toşkent şahri havosida PM2,5 zaharli zarraçalar me’yordan bir neça barobar oşgandi. Vaziyat şahardagi köp obektlar gaz örniga kömir va mazut yoqişga ötganidan keyin yomonlaşa boşladi. Bu şahar aholisini taşvişga solib qöygaç, 30 yanvarda vazir parlamentga çaqirilib, hisobot bergandi. Vazirga şahar atrofidagi kömir yoqayotgan mingdan ortiq issiqxonalar, 25 ming ovqatlaniş şoxobçalariga qarşi çora köriladimi, deb savol berilgandi. Abduhakimov vazirlik 1,5 oy davomida örganiş ötkazgani va qisqa muddatda qozonxonalarga filtrlar örnatiş masalasi körib çiqilişini qöşimça qilgandi.

Keyinroq Gazeta.uz’ga bergan intervyusida esa filtr örnatmagan korxonalarga körilayotgan çoralar juda yengil ekanini aytib, ularga qarşi moliyaviy sanksiyalar 5-10 marotaba köpaytirilayotganini