O‘zbekiston | 07:23 / 06.12.2021
8021
1 daqiqa o‘qiladi

Tekshiruv vaqtida haydovchini suratga oladigan yangi namunadagi alkotesterdan foydalanish boshlandi (video)

Yangi namunadagi alkotester moslamasi tekshiruv vaqtida suratga ham oladi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, DYHXX xodimlariga yangi namunadagi alkotester moslamalari foydalanishga topshirildi. Mazkur alkotesterning bir qancha xususiyatlari mavjud.

Qurilma ikkita rejimda ishlaydi. Passiv rejimda haydovchi to‘xtatilgan paytda xodim alkotester puflash tomonini haydovchiga qaratadi va haydovchi og‘zidan chiqqan etanol bug‘i orqali uning spirtli ichimlik iste'mol qilgani yoki yo‘qligi ma'lum bo‘ladi. U spirtli ichimlik iste'mol qilgan bo‘lsa, alkotesterdagi milligramm ko‘rsatkichi ko‘tariladi.

Haydovchi mastlik holatida ekani yoki mast emasligini aniqlash uchun qurilma aktiv rejimga o‘tkaziladi. Bunda mastlik holatini tekshirishda qo‘llaniladigan uskunadan foydalaniladi. Alkotesterda kamera bo‘lib, puflash jarayonida haydovchi yuz qismini tasvirga oladi va chekda aks ettiradi.

Haydovchi og‘zidan chiqqan bug‘ konsentratsiyasi 0,135 milligramm va undan yuqori bo‘lsa, u mast deb topiladi va bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Mavzuga oid