Toşkentda sodir bölgan avtohalokat tufayli kelib çiqqan mojaro bir insonning ölimiga sabab böldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil dekabr oyida M-39 avtomobil yölining Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida ikkita yuk maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Oqibatda haydovçilardan biri tan jarohatlari olgan. U şifoxonada davolanib, soğligini tiklaydi. Bu orada ayblanuvçi örtaga boşqa bir fuqaroni aralaştirgan.
“Zamon” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilişiça, öşa fuqaro jabrlanuvçi haydovçidan arizani qaytarib olişni söragan. 2024 yil avgustda u özidan arizani qaytarib olişni söragan odamning oldiga piçoq bilan borgan va şu yerda uni piçoqlagan.
Söng jonini qutqariş uçun xususiy klinikalardan biriga qoçib kirgan odamning ortidan quvib kirib, unga yana bir neça marta piçoq urgan. U jinoyat joyidan yaşirinmoqçi bölganida PPX xodimlari tomonidan uşlangan. Oqibatda piçoqlangan şaxs vafot etgan.
Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida ötkazilgan sud majlisida qotil haydovçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sudlanuvçiga 15 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.












