Halollik mukofoti: yöldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovçi haqida hikoya
|15:06 / 24.11.202466 5309 min
Elmurod Mamirjonov Namangan viloyatining Töraqörğon tumanidan. U Özbekiston-Rossiya yönalişida odam taşiydi. Taksist yaqinda mijozlarni olib Özbekistonga qaytayotganda Astraxan şahrida qariyb 5 ming dollar topib oladi. Omonat egasini topiş uçun ijtimoiy tarmoqqa xabarlar çiqaradi. Xorazmlik muhojir pulning egasi bölib çiqdi. Pullar öz egasiga qaytarildi. “Dollarlari topilganidan xursand bölib ketgan aka bir qop Xorazm guruçi va 200 dollar suyunçi puli taşlab ketdi”, – deydi haydovçi.
43 yoşli haydovçi topib olingan pul bilan boğliq qiziq hodisa va safar maşaqqatlari haqida sözlab berdi.
Umra uçun töplangan pul
“5-6 yildan beri Rossiyaga qatnayman. Odamlar oğirini yengil qilib, kirakaşlik qilib kelyapmiz.
Elmurod Mamirjonov
Allohga şukur, yaxşi niyat bilan singlim, onam, ayolim va men Umraga boriş uçun 5 ming dollar yiğib qöygan edik. Biletlargaça gaplaşib qöygan joyimizda boşiga musibat tuşgan bir muhtoj oilaga yordam beriş kerak bölib qoldi. Alloh qodir qilsa, yana töplasak Umraga ham borarmiz, deya şu 5 ming dollarni Alloh yölida ehson qildik. Biroz vaqt ötib Xudodan kuç-quvvat sörab yana Rossiyaga yöl oldim. Onamdan duo olib yölga otlandim...”
Şayton vasvasasi
“Bepoyon kenglik, kimsasiz yöl. Qrim tomondan kelayotgandim. Astraxan şahriga yetib kelganimda yöl çetida bir narsaga közim tuşdi. Maşinani töxtatib qarasam, karmon yotibdi, loy bölib ketgan.
Karmonni olib maşinaga ötirdim. Içini oçib qarasam 4 900 dollar va 23 ming rubl bor ekan.
Pulni olgan zahotim şayton yelkamga ötirdi va unga nimalar qilişim kerakligini rejalaştirdi. Şaytonning rejalariga qaramasdan, nafsimga jilov berib, pulni öz egasini topşirişni niyat qildim. Uyga yetib kelgandan keyin, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga e’lon berdim: pul egasini topişda amaliy yordam beringlar, tarqatib yuboringlar deb”.
“Luqmaga harom aralaşmasin”...
“Muhtoj odamga yiğib qöygan 5 ming dollarimni bergandim. Endi esa topilgan pul xuddiki men uçun mukofotdek edi. Alloh söragan 5 ming dollarimni menga ham berdi, lekin bu birovning puli edi. Topib olgan pulga qizimni çiqariş yoki Umraga barçamiz boriş uçun işlatişim xudbinlik edi, çunki u birovning haqqi.
Mavzuga oid
Elmurod Mamirjonov oila davrasida
Şayton vasvasa qila boşladi. Biroq Rahmon ham bir vaqtda yönalişlarni körsatib turdi. Aslida, şu pulni olganimni biron kişi körmagan, mijozlarim maşinadan tuşgan ham yöq edi. Pulni olib, çöntakka solib, özim uçun işlatsam ham bölardi. Lekin u birovning haqqi va öz egasini topişi kerakligini tuşunib yetdim.
Ayolim: “Dadasi, pulni egasiga qaytarmasa bölmaydi, oldimizda farzandlarimiz bor, luqmaga harom aralaşmasin,” – deb uqtirdi. Şu bilan pullarni qaytarişga ahd qildik”.
“Sultonov A”
“Nihoyat pul egasi topildi, Xorazm viloyatidan ekan. Ungaça juda köpçilik telefon qildi, kimdir “pul meniki,” deydi-yu summani notöğri aytadi. Yöq “unça emas,” deyman. Nihoyat, öz egasi telefon qilib: “Aka, 4 ming 900 dollar, 23 ming rubl edi, dedi. Yana nima bor edi?” deb söradim...
Ijtimoiy tarmoqlarga voqea haqida xabar tarqatişdan avval “zamok” qilib qöygan edim, karmon içida “Sultonov A” yozuvli çek bor edi,”. Ana şu çek haqida heç kimga indamagan edim. Maşinam içida bölgan yölovçilar va oşna-oğaynilarimga ham bu haqda aytmagandim. Oxiri yana nimalar bor edi, dedim. Summani töğri aytgandan keyin, “Sultonov A.” degan çek bor edi,” dedi. Pul uniki edi.
Ertasiga Xorazm viloyatidan kelişdi. Alloh rozi bölsin, xursandçilik bilan bir qop Xorazm guruç olib kelişdi. Olmayman deyişimga qaramay 200 dollar berişdi. Bergan pullari ham, guruçi ham barakali çiqdi. Bir piyola guruçi ovqat qilsak bir qozon bölib ketyapti. Halollikda gap köp ekan.
Pullar aslida Allayor Sultonovning öziniki bölmagan. Rossiyadagi oşna-oğaynilarining oyliklari bölgan. 5-6 kişi maoşini yiğib, dollar qilib, unga uyga eltib berişlarini iltimos qilgan, Allayor esa uni yölda tuşirib qöygan ekan.
Pul topilgaç Allayor juda xursand böldi. “Bordi-keldi qilaylik, töy-haşamlarda xizmatingizda bölaylik,” deya Xorazmga qaytişdi.
Yöl azobi
“Haydovçilikning öziga yaraşa maşaqqati, azob-uqubati bor. Boşimizdan keçirganlarni özimiz bilamiz, ne-ne azoblarini köramiz. Qançadan qança yurtdoşlarimiz qiynalib, maşinalari buzilib, halokatga uçraganlari tepasiga borib qolamiz, yordam qilamiz. Vaqti kelganda muhojirlikda vafot etgan hamyurtlarimiz tobutini maşinaga yuklab kelamiz. Qiyinçiliklar böladi, öziga yaraşa azobi bor. Oson işning özi yöq.
Uçta maşinam bor: Mercedes, Starex va Largus. Birini qöyib birini minaman. Uzoq yöl bölgandan keyin birini haydab ikkisiga dam bermasangiz bölmaydi. Borib keliş uçun kamida 10 ming kilometr masofa bosaman. Ob-havo yaxşi bölsa, yölda qiyinçilik bölmasa, közlagan manzilimizga 3,5 sutkada kirib boramiz. Yölda çarçadikmi, majburiy töxtab dam olamiz. Ikki soatdan uxlab olib yana yölimizda davom etamiz.
Yölkira haqiga kelsak, imkoniyatiga va şaroitiga qarab har xil olamiz. Bir xil belgilangan narx yöq. Har bir mijozning şaroitiga qarab haq olinadi. Narx samolyotnikidan ança arzon.
Krasnodar, Qrim, Sevastopol, Soçi, Volgograd şaharlariga va hattoki Mariupol şaharlarigaça qatnaymiz. Özbeklar işlaydi qurilişlarda, şularni oborib, olib kelamiz. Uruş joylari yaqinligida yaqinlaşib qolamiz. Gumburlagan ovozlar kelib turadi, xavf ostidagi yerlardan ötamiz. Maşinani Ukraina hududida boşqarayotganimda, içimdan har xil keçinmalar ötadi. Oila a’zolarimiz bağriga eson-omon yetib oliş haqida öylayman”.
Mayit olib keliş muammosi
“Musofirlikda muhojirlarimiz hayotdan bevaqt köz yumib qoliş holatlari köp uçraydi. Mayitlarni olib keliş muammo böladi. Savob uçun ham olib kelamiz, lekin baribir qiyin. Hukumatdan ana şunday paytda yordam söragim keladi. “Özbekiston havo yöllari”dan ana şu mayit uçun maxsus çegirma qilib berişlarini söragan bölardim. Mayitni olib keliş borasida qiyinçilik köp. Özbeklarimiz ahilligi uçun pul töplanadi. Muhojirlar hammasi pul töplaydi va bir-biriga yordam qiladi. Şunda ham baribir kamçilik, yetişmovçilik böladi.
Mayitni tomida bagajli transportga yuklab olib kelamiz. Qişda bu oson, lekin yozda muammo. Bu borada “Özbekiston havo yöllari” ham yordam bersa yaxşi bölardi. Mayit uçun maxsus çegirma qiliş kerak”.
Pul bermay qoçib ketişadi
“Haydovçilar aktyor bölişi, yölovçilarning kayfiyatini tuşunib, ular bilan kirişib ketişi kerak. Har bir yölovçiga alohida muomala qilib, ularni murosaga keltiramiz. Ba’zida esa, pul berişda muammolar yuzaga keladi, lekin sabr qilamiz. Özbekiston yoki Rossiyadan odam olib yemakxonaga töxtaganimda pul bermay qoçib ketgan yölovçilar ham uçraydi. Bir neça marta şunday holatlarga tuşganman. Ba’zilar pulim yöq, kartaga taşlab qöyaman deyişadi-da, lekin pul tuşirişmaydi.
Yölda transport vositasi buzilib qolişi mumkin. Ötgan yil qişda Qozoğiston çöllarida maşinam buzilib qoldi, özim tuzatişni örgandim. Bunday vaziyatlarda boşqa şofyorlar ham yordam beradi. Şofyorlar bir-birini taşlab qöymaydi, doim yölda töxtab yordam berişadi”.
Yölovçilarda qarsak, menda soğinç...
“Har gal yölga çiqarkanman, yuragimda bir hissiyot ötadi. “Allohim, soğ-salomat, öynab-kulib uyga yetib kelayin, onam, farzandlarimni bağrimga bosayin” degan umid böladi.
Özbekistonga kirdim degunça ming şukurlar qilaman. Yölda keçgan azoblarim Özbekiston hududiga ötişim bilan yöqoladi. Umuman, özimni boşqaça his qilaman. Yölovçilarim ham qarsak çalişib xursandçiligimga şerik böladi. Xudoga şukur qilamiz; eson-omon, soğ-salomat kelganimizga şukurlar aytamiz. Mahallamga kirişim bilan onam közida yoş bilan kutib oladi. 15 kun yöq bölib ketganimgami bilmadim, uyimizda töy bölib ketadi. Safarga otlanganimda ham xursandçilik bilan kuzatişadi, yaxşi kayfiyatda”.